Bu haqda jurnalist Tan Niyen xabar bermoqda. Kechiktirishga Vyetnam poytaxti Xanoydagi noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lishi mumkin.
Avvalroq shaharga to‘fon yaqinlashayotgani xabar qilingandi. Manbaga ko‘ra, o‘rtoqlik uchrashuvi 8-sentyabr, yakshanba kuniga ko‘chirilishi mumkin.
Dastlab, Rossiya va Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.