"Milan" bosh direktori Jorjio Furlani Paolo Maldinining "rossonerilar" texnik direktori lavozimidan ketgani haqida gapirdi.
"Bu klub va uning obro‘si uchun nimani anglatishini hisobga olgan holda uni qo‘yib yuborish tarixiy qaror edi. Ammo biz Jerri Kardinalening klub uchun orzusini amalga oshirishni istasak, o‘zgarishga va oldinga siljishga majbur bo‘ldik," - deya Furlani so‘zlarini keltirmoqda "Milan News".
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning avgustida Maldini klubni rivojlantirish bo‘yicha direktor etib tayinlangan, bir yildan so‘ng esa texnik direktor lavozimini egallagan edi.