"Barselona" Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida "Real"ni mehmonda mag‘lub etdi. O‘sha uchrashuv 4:0 hisobida yakunlangan.
O‘shandan beri "Barselona" Ispaniya La Ligasida sakkizta o‘yin o‘tkazdi va ularda faqat ikkita g‘alabaga erishdi. Kataloniyaliklar ikki bor durang o‘ynab, to‘rt marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Mumkin bo‘lgan 24 ochkodan Xansi Flik shogirdlari bor-yo‘g‘i 8 ochko to‘plashdi. "Real Madrid"ga keladigan bo‘lsak, jamoa beshta g‘alaba qozondi, bir marta durang o‘ynadi va bir uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi.
Hozirda “Barselona” uchinchi o‘ringa tushib ketgan, “Real” esa ikkinchi o‘rinda.