"Napoli" va "Galatasaroy" "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayrga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Angliyalik futbolchi shu qishda boshqa klublar bilan oldindan shartnoma imzolashi mumkin, chunki uning "MYU" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Qayd etilishicha, himoyachi uchun kurashda neapolliklar yetakchilik qilmoqda.
Maguayr hali shartnomani uzaytirishga rozi emas va bu uning yangi sinovga ochiq bo‘lishi mumkinligini anglatadi.