"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri jamoasining A Seriyaning 17-turida "Parma"ga qarshi o‘yindagi g‘alabasidan so‘ng (5:0) rimlik hujumchi Artem Dovbikka qanday maslahatlar berganini aytdi.
"Menga uning harakati va jamoadoshlari bilan munosabati yoqdi, lekin u o‘ng yoki chap oyog‘ida bo‘ladimi, birinchi teginish bilan darvozaga qanday zarba berishni o‘rganishi kerak. Hujumchi xato qilishdan qo‘rqmasligi kerak. Ba’zida, hatto xatoga yo‘l qo‘yganda ham forvard gol urishi mumkin, buni men unga aytdim", - dedi Ranyeri.
Joriy mavsumda Dovbik “Roma” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.