Gari Nevill "Manchester Yunayted" futbolchilarini tanqid qildi. Kecha mankunianliklar APLning 17-turida “Bornmut”ga imkoniyatni boy berishdi (0:3).
"Ruben Amorim o‘zida bor futbolchilardan jamoa qurmoqchi va bu maqtovga loyiq. O‘tmishda munosib natijalar va ligada ko‘tarilish tufayli sizda yaxshi o‘yinchilar bor deb aldanib qoladigan paytlar bo‘lgan.
Agar biz Amorim xohlagandek 3-4-3 o‘ynasak, nimadir o‘zgarishi kerak bo‘ladi. Bu futbolchilarga nazar tashlasak, ular yetarli darajada kuchli emasligi aniq bo‘ladi. Jamoani yana qayta qurish kerak", - deydi “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi.