"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri Italiya chempionatida "Parma" bilan o‘yindan so‘ng jamoa markaziy himoyachisi Mats Xummels haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Bo‘rilar” 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
"Men nima deyishim mumkin? Mats jahon chempionati g‘olibi va Chempionlar ligasi finalida o‘ynash tajribasiga ega. Xummels bir hafta davomida grippdan tuzalib ketgan edi, shuning uchun u mashg‘ulot o‘tkazmadi. U tayyor bo‘lgach, uni jamoaga qaytardim", - dedi mutaxassis.
Ushbu g‘alabadan so‘ng rimliklar 19 ochko jamg‘arib, Italiya chempionati turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.