"Manchester Yunayted" 2024/2025 yilgi mavsum "qulashda" davom etmoqda. Bir kun oldin jamoa APL doirasidagi o‘yinda "Bornmut"ga mag‘lub bo‘ldi (0:3).
Hozir shuni aytishimiz mumkinki, “qizil iblislar” yangi antirekordini o‘rnatdi. "Manchester Yunayted" 1990 yildan beri ilk marta Rojdestvo bayrami arafasida jadvalning eng quyi pog‘onasida bo‘ladi.
Premer-liganing 17-turidan so‘ng “qizillar” 22 ochko to‘plashdi. Ayni vaqtda "Manchester Yunayted" turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.