"Real" hujumchisi Kilian Mbappe jamoadagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Yakshanba kuni fransiyalik futbolchi "Sevilya" darvozasiga gol urdi va madridliklar 4:2 hisobida zafar quchdi.
- Siz allaqachon 14 ta gol urgansiz... "Real"dagi birinchi oyni qanday sarhisob qilgan bo‘lardingiz?
- Men ko‘proq narsani qila olaman. So‘nggi o‘yinlarda rivojlanyapman. Bilbaodagi o‘yin foydali bo‘ldi, chunki men u yerda omadsizlikning eng tubiga tushdim, penaltidan adashdim. O‘shanda men bu futbolka uchun, xarakter ko‘rsatish uchun hamma narsani berishim kerakligini angladim", - deya Mbappening so‘zlarini keltiradi AS.