"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karragerning fikricha, Arne Slot shogirdlari "Tottenxem"ni ancha yirik hisobda mag‘lub etishlari mumkin edi.
"Qizillar" Londonda "shporlar"ni 6:3 hisobida mag‘lub etishdi.
"Odamlar Slotni juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Postekogluni himoya qilyapti deb o‘ylashdi, biroq men bunga bir soniya ishonmadim. Arne "Tottenxem"ni "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘ynagandek o‘ynashini xohlagan. Aynan shunday bo‘ldi.
"Liverpul" bugun o‘nta gol urishi mumkin edi. Men bilan o‘yinni muhokama qilganlarning hammasi ham buni shunday deb o‘ylaydi", dedi hozirda Sky Sports telekanali eksperti bo‘lib ishlayotgan Karrager.