"Inter Mayami" "Barselona"ning yana bir sobiq yulduzi - hujumchi Neymar bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda.
AS xabariga ko‘ra, MLS klubida 32 yoshli braziliyalik uchun ikkita variant bor. "Inter Mayami" Neymarning MLSning yangi mavsumida jamoaga qo‘shilishi uchun yanvar oyidayoq taklif yuborishi mumkin.
Ikkinchi variant - klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tugashini kutish va yozda taklif yuborish.