“Monsa” ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) “Yuventus”ning A Seriyadagi 1700-g‘alabasi bo‘ldi.
Turinliklar uchun safar uchrashuvi taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi. Ueston Makkenni va Nikolas Gonsales 14 va 39-daqiqalarda "Monsa" darvozasini ishg‘ol qildi, mezbonlar esa 22-daqiqada Samuele Birindellining aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi.
Opta xabariga ko‘ra, "Yuventus" chempionatda jami 1700 ta o‘yinda g‘alaba qozongan.
Yevropaning hozirgi “katta beshlik” ligalarini hisobga oladigan bo‘lsak, 1929/30 yilgi mavsum boshidan buyon bu ko‘rsatkichga faqat “Real”, “Barselona” va “Arsenal” erishgan.