"Saragosa" va "Racing de Ferrol" jamoalari o‘rtasidagi bahs keskinlik bilan yakunlandi.
Yigirma birinchi turda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi va “Rasing” ustozi Kristobal Parrallo asablarini jilovlay olmadi.
Final hushtagi yangragandan so‘ng u raqibi, "Saragosa" ustozi David Navarro tomon yugurdi va uning yuziga kuchli zarba yo‘lladi.
Biroq, uchrashuv hakami murabbiylardan qaysi biri qoida buzganini aniqlay olmadi va ikkalasiga ham qizil kartochka ko‘rsatishga qaror qildi.