Hujumkor yarim himoyachi Hakim Ziyesh "Galatasaroy"da o‘ynashni istamasligini ma’lum qildi. "Transfer News Live"ning "Fichajes" nashriga tayanib xabar berishicha, 31 yoshli marokashlik Angliya chempionatiga qaytishi mumkin. Hozirda Ziyeshga Premyer-liganing ikki klubi "Ipsvich" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda.
Aytish joizki, "Vest Xem" va "Ipsvich" bu mavsumda yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti: "bolg‘achilar" hozirda Angliya chempionati turnir jadvalida 14-o‘rinni, "traktorlar" esa 18-o‘rinni egallab turibdi.
Ziyesh avvalroq Angliyada "Chelsi" sharafini himoya qilgan. Nufuzli "Transfermarkt" portali futbolchini 7 million yevroga baholamoqda.