Leverkuzenning "Bayer" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali himoyachi Pyer Inkapye bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
22 yoshli ekvadorlik futbolchining "farmasevtlar" bilan tuzgan yangi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Ya’ni, tomonlar mehnat shartnomasini yana ikki yilga uzaytirishdi. Ilgari Inkapye muntazam ravishda transfer mish-mishlarining bosh mavzusiga aylangandi. So‘nggi paytlarda bu mish-mishlar xotima topdi.