Roberto Martines Portugaliya terma jamoasining Millatlar ligasida Polsha ustidan qozonilgan g‘alabasiga (3:1) baho berdi.
"Biz so‘nggi bir necha kun ichida ushbu o‘yin uchun turli xil yechimlarni tayyorlash uchun juda ko‘p ishladik. Biz buni maydonda ko‘rsatdik. Men juda xursandman, chunki o‘yinni biz nazorat qildik.
Men Veyga va Diashning dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biriga (Levandovski) qarshi qanday o‘ynaganidan ham xursandman. Biz jamoa bo‘lib yaxshi o‘ynadik va yangi o‘yinchilar bizga katta yordam bera olishlarini ko‘rsatishdi", - deydi portugaliyalik murabbiy.