“Yuventus” himoyachisi Danilo yanvarda jamoani tark etishi mumkin.
Futbolchining o‘zi qishda ketishni istamasligini va hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha o‘ynash niyatida ekanligini tan oldi, ammo vaziyat noaniqligicha qolmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, "Yuventus" braziliyalikni daxlsiz deb hisoblamaydi.
Bosh murabbiy Tyago Motta loyihadagi muhim figuralar qatorida jamoa sardorini ko‘rmayapti. Ko‘rinishidan, 33 yoshli futbolchi "keksa sinyora" safini mavsum yakunida, shartnomasi tugagach, tark etadi, ammo yanvarda ajralish varianti ham istisno qilinmagan.
"Napoli" Daniloni o‘zining asosiy transfer maqsadi deb biladi, biroq "Yuventus" neapolliklarning qiziqishi haqidagi ma’lumotni rad etdi.