Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichidagi yetakchilikni mustahkamladi.
7-turda Argentina Chilini mag‘lub etdi (3:0) va 18 ochko bilan turnir jadvalida hamon 1-o‘rinni egallab turibdi.
4 ochkolik farq bilan ikkinchi o‘rinda Paragvay bilan durang o‘ynagan (0:0) Urugvay, uchinchi o‘rinda Peru bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qolgan Kolumbiya (1:1) bormoqda.
Braziliya Ekvador ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, uch o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyasiga barham berib, 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Janubiy Amerikaning dastlabki olti jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH-2026 final turniriga yo‘l oladi. Yettinchisi jamoasi boshqa qit’a vakili bilan janglarda yo‘llanma uchun o‘ynaydi.