Leon Fust "Bavariya"ning sobiq murabbiylari Tomas Tuxel va Yulian Nagelsmann haqida gapirdi.
"Ular kuchli mutaxassislar va ularning boshchiligida asosiy jamoa mashg‘ulotlarida qatnashish imkoniga ega bo‘lganimdan xursandman.
Shaxsan men Tuxel bilan o‘zimni qulayroq his qildim - chunki u yosh futbolchilar bilan suhbatlashdi va bizga nimadir taklif qildi.
Nagelsmann biz bilan muloqot qilishdan manfaatdor emasdi.
"Bavariya"ning hozirgi ustozi Vensan Kompani bilan ham tanishishga muvaffaq bo‘ldim: menimcha, yoshlar bilan muloqotda u Nagelsmannga yaqinroqdek", — dedi Fust.