Dushan Vlahovichning "Yuventus"dagi kelajagi so‘roq ostida.
Turin klubi forvard shartnomasini uzaytirmasa, mavsum oxirida uni sotishi mumkin, deb hisoblaydi Corriere dello Sport.
Serbiya terma jamoasining 24 yoshli futbolchisining klub bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.
"Keksa sinyora"ning sport direktori Krishtianu Jiuntolining so‘zlariga ko‘ra, Vlahovichning kelajagi bo‘yicha muzokaralar dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.
A Seriyaning 7 ta o‘yinida Vlahovich 5 ta gol urdi.