"Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis Angliyaga ko‘chib o‘tishga qiziqmoqda.
Kanadalik futbolchiga da’vogarlar orasida "Real", "Manchester Yunayted" va "Barselona" ham bor, shuningdek, yaqinda 24 yoshli futbolchiga "Liverpul" tomonidan ham qiziqish bildirilgan edi. Jurnalist Kristian Falkning so‘zlariga ko‘ra, myunxenliklar kelasi yozda mersisaydliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shilishga tayyor.
Alfonso Devisning "Bavariya" bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi, tomonlar yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olishmayapti. Futbolchi joriy mavsumda Vensan Kompani jamoasi safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.