"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Maunt yana bir jarohati haqida gapirdi.
Angliyalik futbolchi o‘tgan yakshanba kuni "Manchester Siti" bilan uchrashuvda jarohat olgan edi.
"So‘zlar o‘zimni qanchalik bo‘sh his qilayotganimni ifoda eta olmaydi. Bu sodir bo‘lganda, yuzimdagi nigohni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu nimani anglatishini bilardim.
“Yunayted” muxlislari, siz meni hali yaxshi tanimasligingiz mumkin, lekin men bir narsani kafolatlay olaman: men hech qachon taslim bo‘lmayman va ishonchni yo‘qotmayman.
Men buni avval ham aytganman, lekin men bor kuchimni berishda davom etaman, bu qiyin davrni bosib o‘taman va bunga erishmagunimcha to‘xtamayman", - deya Mauntning so‘zlarini keltirgan jurnalist Ben Jeykobs.