"Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenni istalgan pozisiyada o‘ynashga tayyorligini ma’lum qildi. Yaqinda Italiya kubogi doirasida "Kalyari"ga qarshi o‘yinda (4:0) "Byankoneri" boshqaruvchisi Tiago Motta amerikalik futbolchini himoyada chap qanotga joylashtirdi.
"Men uchun maydonga chiqishning o‘zi kifoya. Kerak bo‘lsa, men hatto darvozada ham o‘ynay olaman”, - dedi Makkenni.
Joriy mavsumda futbolchi 16 ta o‘yinda 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.