"Milan" bosh murabbiyi Paulu Fonseka Rafael Leauning holati haqida ma’lumot berdi.
"Men Rafa bilan gaplashdim va uning jiddiy jarohati borga o‘xshamaydi. Uni almashtirish ko‘proq ehtiyot chorasi edi. U og‘riqni his qildi va hech qanday tavakkal qilishni istamadi, ammo jiddiy narsa yo‘q", dedi "Milan" ustozi DAZN nashriga.
29 dekabr kuni Paulu Fonseka shogirdlari Italiya chempionatining 17-turi doirasida o‘z maydonida "Roma"ni qabul qiladi.