Markaziy himoyachi Xarri Maguayrning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Xabarga ko‘ra, klub yaqin haftalarda Maguayr bilan shartnomani uzaytirish variantini faollashtiradi.
Xabar qilinishicha, bu qaror bosh murabbiy Ruben Amorim bilan birgalikda qabul qilingan. 31 yoshli himoyachi 2019 yildan buyon "Manchester Yunayted"da o‘ynab kelmoqda.
Joriy mavsumda angliyalik barcha turnirlarni hisobga olgan holda 13 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.