"Chelsi" himoyachisi Ris Jeyms jamoa mashg‘ulotlariga qisman qaytdi. Bu haqda London klubi bosh murabbiyi Enso Mareska gapirib o‘tdi.
"Ris nihoyat biz bilan mashg‘ulotlarni boshladi. Asta-sekin u butunlay tuzalib ketadi. Hozir biz uning formasini tiklaymiz, keyin esa u o‘ynashga tayyor bo‘ladi, ammo bu uning yakshanba kuni maydonga tushishi mumkin degani emas", - dedi Mareska.
Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli Jeyms to‘rtta o‘yinda qatnashib, samarasiz o‘ynadi.