"Manchester Siti" mavsum davomida kadrlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. “Siti” kasalxonasiga oxirgi bo‘lib himoyachi Ruben Diash kirdi.
Juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Pep Gvardiola portugaliyalik futbolchi taxminan 3-4 haftani o‘tkazib yuborishini aytdi.
"U uch yoki to‘rt haftani o‘tkazib yuboradi. Bu mushak jarohati edi. “Manchester Yunayted”ga qarshi 75 daqiqadan so‘ng u nimanidir his qildi. U maydonda qoldi, chunki u kuchli va hozir jarohat olgan", - dedi Gvardiola.
Shu tariqa, Ruben Diash bo‘lajak o‘yinlarda "Manchester Siti"ga yordam bermaydi. Shanba kuni Pep Gvardiola jamoasi “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushadi.