Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoa muvaffaqiyati siri bilan o‘rtoqlashdi.
Shanba kuni xorvatlar o‘z uylarida Millatlar ligasi doirasidagi o‘yinda shotlandiyalik raqiblarini mag‘lub etishdi (2:1). "Real Madrid"ning 39 yoshli futbolchisi uchun bu o‘yin "shashkachilar" safidagi 181-o‘yin bo‘ldi.
"Milliy terma jamoada o‘ynash - katta sharaf, bu bizning muvaffaqiyatimizning asosiy tarkibiy qismidir. Biz uchun bu ta’tilga o‘xshaydi, biz bu yerga katta istak va quvonch bilan kelamiz. Shuning uchun Xorvatiya Yevropa va jahon futbolining eng yuqori pog‘onalarida turibdi", - dedi Modrich o‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.