Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Inter Mayami”ni tark etib, Yevropaga qaytishi mumkin.
Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 37 yoshli argentinalik hujumchini "Manchester Siti" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiolaning shaxsan o‘zi tajribali futbolchining transferini talab qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassis Messini 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.