Insayder Nikolo Skiraning aytishicha, markaziy himoyachi Aksel Disasi va markaziy yarim himoyachi Karni Chukvuemeka «Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareskaning rejalarida emas.
Har ikki futbolchi ham qishki transfer oynasida London klubini tark etishga tayyor.
Disasi «Monako»dan 45 million yevro evaziga o‘tganidan keyin «Chelsi»da 2023 yilning avgustidan beri o‘ynamoqda. Uning shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Chukvuemeka 2022 yilning avgustida «Aston Villa»dan 18 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan va 2028 yilning 30 iyunigacha shartnoma imzolagan.