«Footmercato» xabariga ko‘ra, «PSJ» va «Liverpul» «Lion»ning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherkiga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Liverpul» va «PSJ» 21 yoshli fransiyalik futbolchini yanvarda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Har ikki jamoa ham «Lion»ning moliyaviy muammolari tufayli qishda shartnoma imzolashga intilmoqda.
Sherkining «Lion» bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.