"Yuventus" mavsum yakunlanganidan keyin vinger Fransishku Konseysauni o‘z safida qoldirish niyatida.
21 yoshli futbolchini turinliklar sotib olish imkoniyatisiz "Portu"dan ijaraga olgandi. Biroq Calciomercato xabariga ko‘ra, "keksa sinyora" rahbariyati portugaliyalikning to‘liq transferini tashkil etishga ahd qilgan. Bosh murabbiy Tiago Motta Konseysauning qobiliyatiga qoyil qoldi va sport direktori Krishtianu Juntoli allaqachon kelishuv ustida ishlamoqda. "Portu" futbolchini sotishdan taxminan 25 million yevro ishlab olmoqchi.
Fransishku Konseysau "Yuventus" safida 4 ta o‘yinda 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.