«Real»ning sobiq futbolchisi Toni Kroos «qaymoqranglilar»ning amaldagi murabbiyi Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi.
«Bizda har doim o‘ziga xos munosabatlar bo‘lgan va menga Madriddagi vaqtim Anchelotti qo‘l ostida boshlangani va tugagani yoqadi», - deya germaniyalik yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi «Diario AS».
Eslatib o‘tamiz, Toni Kroos 2014 yildan 2024 yilgacha «Real»da o‘ynagan. O‘tgan yozda, 2024 yilgi Yevropa chempionatidan so‘ng futbolchi 34 yoshida faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi.