Avvalroq matbuotda «Real» va «Liverpul» yarim himoyachi almashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ular Orelyen Tchuamenini Angliyaga va Rayan Gravenberx esa Ispaniyaga ko‘chib o‘tishlari mumkinligi haqida yozishgan.
«Mirror» nashrining xabar berishicha, yanvar oyida bunday kelishuv bo‘lishi dargumon. Ayni damda Gravenberx «Liverpul»dan ketish haqida o‘ylamayapti - niderlandiyalik futbolchi bor e’tiborini mersisaydliklar klubida o‘ynashga qaratgan.
Rayan Gravenberxning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Orelyen Tchuamenining «Real Madrid» bilan shartnomasi ham xuddi shunday muddatga tuzilgan.