Mikel Arteta Angliya liga kubogi chorak finalida "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan g‘alabani (3:2) yuqori baholadi.
"Men juda xursandman, biz yarim finaldamiz. O‘yin biz xohlagandek boshlanmadi, oson gol o‘tkazib yubordik, shuning uchun ham to‘g‘ri javob qaytarishimiz kerak edi.
Yigitlar kuchli xarakter va katta ishtiyoq ko‘rsatishdi.
Hatto birinchi bo‘limda ham aniqlik yetarli bo‘lmaganida ikki-uchta ajoyib vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik.
Tanaffusdan so‘ng biz bir qancha xatolarni tuzatdik, o‘yin nazoratini tikladik va hujumda xavfli ko‘rindik", - dedi “Arsenal” ustozi.