So‘nggi yillarda "Real Madrid" muntazam ravishda himoya chizig‘idagi kadrlar muammosi bilan kurashib kelmoqda.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, Madrid superklubi 2024/2025 yilgi mavsum oxirida ikkita yulduz himoyachisini sotishi mumkin.
Gap David Alaba va Eder Militao haqida ketmoqda.
"Real Madrid" Alaba va Militaoning muntazam tarzda sog‘ligi bilan bog‘liq muammolardan xavotirda.
Braziliyalik futbolchining noyabr oyida xochsimon paylari yirtilgan edi - xuddi shunday jarohat tufayli u o‘tgan mavsumni deyarli o‘tkazib yubordi.
Avstriyalik futbolchi, o‘z navbatida, tizzasidan olgan jarohati tufayli allaqachon bir yilni shifoxonada o‘tkazgan.