«Bolonya» himoyachisi Sem Byokema faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, bosh murabbiy Arne Slotning shaxsan o‘zi Byokemani ingliz klubida ko‘rishni xohlaydi.
Semning kuchli tomonlari to‘pni oldinga erkin yo‘naltira olishdir.
26 yoshli himoyachi joriy mavsumda “Jenoa” safida barcha turnirlar doirasida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.