"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum u uchun oson kechmayotganini tan oldi
"Mavsumning bu qismida juda ko‘p asabiylashdim, chunki jamoadagi vaziyat menga yoqmadi. 2025 yilda normal holatga qaytaman", dedi Anchelotti “Pachuka” bilan o‘yin yakunlanganidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ispaniya chempionatida "Real" La Ligada 37 ochko bilan uchinchi o‘rinda, "Barselona" va "Atletiko"dan bir ochko ortda qolmoqda.