"Liverpul" himoyachisi Tayler Morton Liga kubogi chorak finalida "Sautgempton" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) fikr bildirdi.
"Bu biz uchun og‘ir sinov bo‘ldi, ayniqsa, ko‘plab yoshlar o‘ynaganini hisobga olsak. Bugun o‘ynaganlarning barchasi tayyor edi va murabbiy shu jamoani tanladi. Avvaliga qiyin bo‘ldi, lekin biz tezda vaziyatni nazoratga oldik, bu bizga katta ishonch bag‘ishladi.
Bu klubda o‘ynash bizga katta ishonch bag‘ishlaydi. Mag‘lub bo‘layotganimizda ham biz qaytib kelishimiz mumkin degan tuyg‘u bor. Muxlislarimiz bizga bergan energiyani yaxshi ko‘ramiz. Biz bugun oxirigacha kurashdik", dedi Morton Sky Sports nashriga.