Ronald Kuman Frenki de Yongning jarohatidan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
De Yong aprel oyida "Real"ga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olgan va mavsumning qolgan qismini va Yevropa chempionatini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.
"Barselona" yarim himoyachisi 1 oktyabr kuni "Yang Boyz"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, safga qaytdi.
"O‘tgan hafta biz telefonda gaplashdik va u hali ham optimal formadan yiroq. U biroz o‘ynadi va allaqachon tayyor emasligini payqadim. Bu unga qiyin edi.
Frenki hali yuz foiz tayyor bo‘lishi uchun formaga kirishi kerak", - dedi Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi.