"Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Verona"ga qarshi bahs oldidan ayrim futbolchilarining yordamidan foydalana olmaydi.
Sky xabariga ko‘ra, Yunus Musa uchun joriy yil tugagan. Shuningdek, Okafor ham kechagi ba’zi tekshiruvlardan so‘ng boldir mushagida shikastlanish borligi aniqlangan.
Musa va Okafordan tashqari Alessandro Florensi, Ismoil Bennaser, Ruben Loftus-CHik, Kristian Pulishich va Luka Yovich ham maydonga tushmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" hamda "Verona" jamoalari o‘rtasidagi bahs 21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.