Joan Laporta Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni haqida gapirdi.
Oldinroq “Barselona” Olmoni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun umumiy yurisdiksiya sudiga murojaat qilgani ma’lum bo‘lgandi – yig‘ilish 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Kataloniyaliklar, shuningdek, jiddiy jarohatdan tiklanayotgan Mark-Andre ter Shtegenni ham maoshlarni tejash uchun tarkibdan chiqarib tashlashni ko‘rib chiqmoqda.
"Biz Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazish ustida ishlayapmiz - biz sudga da’vo qildik, ammo bu foyda bermadi.
Biz barcha imkoniyatlardan foydalanishni istaymiz. Umid qilamizki, Olmo va Pau Ter Shtegenning maoshini hisobga olgan holda tarkibdan joylashishi mumkin", – dedi Laporta.