"Bavariya" qishki transfer oynasida chap qanot himoyachisi Kingsli Komanni sotmaydi.
Klub sovrinlar uchun kurashdagi mavqeini zaiflashtirmaslik uchun fransiyalik futbolchini mavsumning ikkinchi yarmida saqlab qolish niyatida. Ammo "Bavariya" joriy mavsum oxirida futbolchini sotish haqida o‘ylaydi.
Kingslining jamoa bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Ushbu mavsumda vinger 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.