Yarim himoyachi Jamol Musiala "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish borasida ishlamoqda. Futbolchining aytishicha, yaqin orada uning kelajagi haqida hech qanday yangilik kutilmasligi kerak.
"Men "Bavariya" davrida o‘z izimni qoldirmoqchiman. Agar klub bilan shartnomamni uzaytirsam, bu mening maqsadim bo‘ladi. Lekin buning uchun mehnat qilish, g‘alabalarga erishish va katta sovrinlarni qo‘lga kiritish kerakligini ham bilaman", - dedi Musiala Sport Bild nashriga.
2024/2025 yilgi mavsumda Musiala 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.