Mixail Mudrik doping-testdan ijobiy o‘tib, futboldan chetlashtirildi. "Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska ukrainaliklarning ahvoli haqida fikr bildirdi.
"Bu sodir bo‘lganda, har bir kishi yordamga muhtoj bo‘ladi. Futbolchi 20 yoshdami yoki 30 yoshdami farqi yo‘q. U inglizmi, italyanmi yoki ukrainmi farqi yo‘q, hamma qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Gap futbolchi, uning yoshi yoki mamlakati haqida emas.
Bu yangilikdan barchamiz bir xil fikrda edik. Barcha o‘yinchilar hayron bo‘lishdi, lekin ayni paytda xafa ham bo‘lishdi. Bizga bu narsalar yoqmaydi. Menimcha, shunday damda butun jamoa Mixailning yonida bo‘lishi va uni qo‘llab-quvvatlashi muhim", — dedi Mareska jurnalistlarga.