"Bornmut" Argentinaning "Lanus" jamoasi bilan chap qanot himoyachisi Xulio Solerning transferi borasida muzokaralarga kirishdi, deya xabar beradi jurnalist Uriel Lugt Twitter sahifasida.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi rasmiy taklif bilan chiqqan. Uning miqdori noma’lum. Transfer qishdayoq amalga oshishi mumkin.
19 yoshli argentinalik futbolchi "Lanus" safida 43 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.