21 yoshli "Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Jamol Musiala 2024 yildagi eng baxtli damlarini nomladi.
«Chempionlar ligasining chorak finalida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda hisobda oldinga chiqib olgandik.
Keyin Fonzi (Alfonso Devis) Madridda gol urib, yarim finalning javob o‘yinida bizni 1:0 hisobida oldinga olib chiqqandi.
Umuman olganda, butun Yevro-2024 baxt lahzasi bo‘ldi: har bir gol, muxlislar bilan har bir uchrashuv. Shotlandiyaga qarshi dastlabki o‘yindagi golim,
Daniyaga qarshi 1/8 finaldagi g‘alaba. Ispaniya bilan o‘yin oldidan xursand bo‘lganman", - dedi Musiala.