"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford matbuotda bahsli fikrlarini bildirdi. O‘zining yutuqlari haqida gapirar ekan, u o‘zi xohlagan joyda emasligini aytdi. Oldinroq britaniyalikning yaqin orada "qizil iblislar"ni tark etishi haqida mish-mishlar tarqala boshlagandi.
"Mening eng katta yutug‘im nima? Men hali erishganim yo‘q. Odamlar men haqimda nima deyishmasin, mening o‘z orzularim bor. Men ularga qisman erishdim. Ammo men hali o‘zim xohlagan joyda emasman", - deya Reshford so‘zlarini keltiradi jurnalist Genri Vinter.
OAVda "Manchester Yunayted" Reshforddan hafsalasi pir bo‘lgani va u bilan xayrlashishga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Futbolchiga "Barselona", "PSJ" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.