«Relevo» nashri xabariga ko‘ra, «Real Madrid» «Santyago Bernabeu»dagi har bir bekor qilingan konsert uchun taxminan 300 000 evro yo‘qotadi. Shu bois klub rahbariyati arenadagi tadbirlarni qaytadan boshlash uchun stadion yaqinida yashovchi odamlarni bezovta qilayotgan shovqin muammosini imkon qadar tezroq hal qilishga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Los-Blankos» barcha konsertlar va boshqa tadbirlarni aprel oyiga qoldirgan, shu bilan birga o‘yinlar vaqtida «Bernabeu»dagi musiqaning ham, diktorning ham ovozini pasaytirgan edi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shni uylar uchun shovqin izolyasiyasi ishlari Madridga 20-25 millionga tushadi