Hozirda Qatarning «Al-Garafa» klubi sharafini himoya qilayotgan Xoselu Qit’alararo kubok finalidan oldin «Real» bazasiga tashrif buyurdi.
«Men oilamni ko‘rish uchun keldim, bu majburiy narsa. «Real Madrid» finalda g‘alaba qozonish uchun o‘ynaydi, biz albatta g‘alaba qozonamiz», - dedi «Real»ning sobiq hujumchisi.
Bugun madridliklar Dohada «Pachuka»ga qarshi maydonga chiqadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.